Litva Respublikasi Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligining atrof-muhitni muhofaza qilish loyihalarini boshqarish agentligi (APVA), “Okata Sun” kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasidagi tibbiyot markazi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida 119 kVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini o‘rnatish loyihasi amalga oshirildi.
SOVENTUS kompaniyasi tibbiyot markazi tomiga quyosh elektr stansiyasini texnik o'rnatishni amalga oshirdi. Loyiha qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish va an'anaviy energiya tizimlariga tushadigan yuk kamaytirishga qaratilgan.
Quyosh elektr stantsiyasining o'rnatilishi, tibbiyot markazining elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojini qisman qondirish imkonini beradi, bu esa foydalanish xarajatlarini kamaytirishga olib keladi.